O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandda ilk mashg'ulotini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354

Bilasiz, 8 yanvardan Tailandda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.
Musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini 16 dekabr – 1 yanvar oralig'ida BAAda olib borgan Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz bugun Tailandga etib kelishdi.
Terma jamoamiz ertaga Bangkokda musobaqa oldidan yakuniy o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Unda olimpiyachilarimizga Qatar olimpiya termasi raqiblik qiladi. Uchrashuv “SCG Stadium” o'yingohida bo'lib o'tadi. Bugun erta tongda Bangkokka etib kelgan terma jamoamiz tushdan so'ng mazkur stadionning zaxira maydonida mashg'ulot o'tkazdi.
Ta'kidlash joiz, Qatar bilan o'yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadigan Songxla shahriga yo'l oladi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qit'a chempionatidagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
239