"Barsa" Levandovskiga o'rinbosar topish ishlarini boshlagan, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

"Barselona" hujumchilarga qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar avgust oyida 37 yoshni qarshi oladigan Robert Levandovskining o'rinbosarlari haqida o'ylamoqda. Shunday bo'lsa-da, Onze'ning yangilangan ma'lumotiga ko'ra, "Barsa" kutilmagan holatlar yuz bermasa, yaqin transferlar davrida hujumchini o'z safiga qo'shib olish niyatida emas.
Levandovskining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Polshalik futbolchi joriy mavsum Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 40 ta gol va uchta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253