Pogba jarohat olib, bir necha haftaga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogbaning holati haqida yangi ma'lumotni taqdim etdi.
«U jarohat oldi. U to'pig'ida og'riqni his qilmoqda. Pogba bir necha hafta davomida maydonga tusha olmaydi», – dedi Sulsher.
Eslatib o'tamiz, Pogba «Arsenal»ga qarshi o'yinda «Manchester Yunayted» qaydnomasiga kiritilmadi. Avvalroq futbolchi jarohat tufayli oktyabr va noyabr oylarida maydonga tushmagan edi. Dekabr oyida esa frantsiyalik futbolchi ikkita o'yinda zaxiradan maydonga tushgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!