Mourino VAR nomini o'zgartirishni taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 434
«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino videoyordamchi hakam (VAR) nomini o'zgartirishni taklif qildi.
«Nazarimda, VAR nomini o'zgartirish kerak. Gap shundaki, «videoassistent referi» – bu to'g'ri nom emas. Uni VR — «videoreferi» deb nomlash kerak. Boisi, ularning o'zi hakam.
Bu g'alati. Ko'ryapsizmi, maydondagi hakam — bu referi emas, go'yoki yordamchidek. O'yindagi muhim qarorlarni kabinetda o'tirgan boshqa odamlar qabul qilishmoqda», – dedi Mourino.
Eslatib o'tamiz, «Sautgempton» - «Chelsi» o'yinining birinchi bo'limida Dele Alli jarima maydoni ichida yiqitilgani uchun penalti belgilanmagan bo'lsa, ikkinchi taymda Xarri Keynning golida VAR kichik ofsaydni aniqlab, golni bekor qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!