«Chelsi» o'tgan mavsumda 100 mln funt zarar ko'rdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445
"Chelsi" klubi 2018/2019 yilgi mavsum bo'yicha moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Unga ko'ra, londonliklar 96,6 mln funt sterling miqdorida zarar ko'rishgan. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.
Klubning moliyaviy aylanmasi 446,7 mln funtni tashkil qildi. Ammo jamoa Evropa chempionlar ligasida ishtirok eta olmagani bois, murabbiyni almashtirish va boshqa xarajatlar oqibatida jamoa mavsumni zarar bilan yakunladi.
2018/2019 yilgi mavsumda "Chelsi" Kepa Arrisabalaga (72 mln funt), Kristian Pulishich (57,6), Mateo Kovachich (40,5) va Jorjino (51,3)ning transferlarini amalga oshirdi.
Shunga qaramay, jamoa UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasi talablaridan chetga chiqib ketmaganiga ishonmoqda.
Angliya premer-ligasining ushbu mavsumida "Chelsi" 20-turdan keyin 4-o'rinda bormoqda. Lempard jamoasi bugun "Brayton" bilan to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.