Pioli: «Ibrahimovich hujumdagi asosiy qurolimiz bo'ladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

«Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli Zlatan Ibrahimovichning "rossoneri" safiga qo'shilishiga o'z munosabatini bildirdi.
«Ibra — jangchi va etakchi. U — xarizmasi yuqori o'yinchi. Undagi mas'uliyat va g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori. U o'z jamoadoshlarini qanday ruhlantirishni biladi. U jarima maydoni ichida qanday harakat qilishni biladi. Zlatan bizning hujumdagi asosiy qurolimiz bo'ladi.
Men u bilan telefon orqali gaplashdim. U juda hayajonlandi va biz bilan mashg'ulotda ishtirok etishni intizorlik bilan kutayotganini aytdi. Men ham uning jamoamizga qo'shilishini kutyapman.
U menga nima dedi? Jamoadagi sharoitlar va navbatdagi mashg'ulotlar haqida so'radi. U menga: «Janob, xavotir olmang, mening holatim yaxshi», dedi», — deya Piolining so'zlaridan iqtibos keltirdi Football Italia nashri.

Bosh sahifaga
177