Venger — APLning so'nggi 10 yildagi eng yaxshi murabbiyi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

"Sky Sports" nashri Angliya premer-ligasining so'nggi 10 yillik natijalarini sarhisob qilmoqda.
«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger 2010-2019 yillar oralig'ida APLda 179ta o'yinda g'alaba qozongan.
Shuningdek, kuchli uchlikka Maurisio Pochettino (132) va Joze Mourino (110) kirishdi. Argentinalik mutaxassis «Sautgempton» va «Tottenxem»ni boshqargan bo'lsa, portugaliyalik murabbiy «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klubida ishlagan.
To'plangan ochkolar bo'yicha esa Venger 608 ochko bilan peshqadamlik qildi. Bu borada keyingi o'rinlarni Pochettino (457) va Mourino (376) egalladi.
APLning so'nggi 10 yildagi eng muvaffaqiyatli murabbiylari quyidagicha (top-10):
| 1 | Arsen Venger | 179 | 71 | 73 | 608 |
| 2 | Maurisio Pochettino | 132 | 61 | 63 | 457 |
| 3 | Joze Mourino | 110 | 46 | 37 | 376 |
| 4 | Yurgen Klopp | 104 | 39 | 20 | 351 |
| 5 | David Moyes | 86 | 68 | 78 | 326 |
| 6 | Brendan Rodjers | 93 | 46 | 51 | 325 |
| 7 | Toni Pulis | 81 | 78 | 106 | 321 |
| 8 | Pep Gvardiola | 100 | 17 | 17 | 317 |
| 9 | Mark Xyugz | 78 | 75 | 111 | 309 |
| 10 | Alan Pardyu | 84 | 52 | 110 | 304 |
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234