Aguero 13 mavsumdan beri kamida 10ta gol urmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero 2019 yilning so'nggi o'yinida gol urishga muvaffaq bo'ldi. U «Sheffild Yunayted»ga darvozasiga Premer-liganing ushbu mavsumidagi 10-to'pini kiritdi.
Shu tariqa, argentinalik futbolchi ketma-ket 13 mavsumdan beri milliy chempionat doirasida kamida 10ta gol urib kelmoqda. Uning eng omadli mavsumi 2014/15 yillarga to'g'ri kelgan (26ta gol).
Aguero – APLning so'nggi 10 yildagi eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Uning «Siti» bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282