Futbolda revolyutsiya yuz berishi mumkin: FIFA ofsaydni aniqlash tizimiga o'zgartirish kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

Yaqin orada ofsaydni aniqlash qoidasiga revolyutsion o'zgartirish kiritilishi mumkin, deya xabar tarqatdi The Times nashri.
Manbaga ko'ra, VAR tizimi orqali yuzaga kelayotgan bahsli vaziyatlar, jumladan, ofsaydni aniqlash qoidasi FIFAni xavotirga solmoqda.
Hakamlarning ishini soddalashtirish va futbol ommasini xotirjam qilish maqsadida "millimetrli" ofsaydlarni qayd etmaslik taklif etilmoqda. Ya'ni, agar so'nggi himoyachi va hujumchi o'rtasida yaqqol masofa bo'lmasa, laynsmen bayrog'ini ko'tarishi kerak emas.
Ushbu taklif Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB)ning fevral oyidagi yig'ilishida ko'rib chiqilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237