«Chelsi» va Abraxam yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366
«Chelsi» hujumchisi Temmi Abraxam shartnomani uzaytirish borasida klub bilan muzokara olib bormoqda.
Goal.com tarqatgan xabarga ko'ra, Abraxam katta maosh talab qilayotgani bois, 22 yoshli futbolchi bilan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. O'yinchi 180 000 funt sterling miqdorida haftalik maosh talab qilmoqda. Yaqin orada muzokaralar davom ettiriladi.
Abraxam APLning ushbu mavsumida «Chelsi» formasida 19ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!