"Bolonya" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

"Qizil-ko'klar" rasmiy sayti klub 33 yoshli Lukash Skorupski bilan shartnomani yana bir mavsumga, ya'ni 2026 yilning iyun oyi oxirigacha uzaytirish variantidan foydalangani haqida xabar berdi.
Skorupski "Bolonya"ga 2018 yilning yozida "Roma"dan 9 million evro evaziga o'tgan edi. Bu vaqt ichida u klub safida 247 ta o'yin o'tkazdi. Tajribali polyak ketma-ket etti mavsumdan beri jamoaning asosiy darvozaboni bo'lib kelmoqda.
Joriy mavsumda Lukash Skorupski "Bolonya" safida 32 o'yinda 11 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229