«Barselona» sobiq futbolchisi Madrid klubiga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379

Madridning “Atletiko” klubi qishki transfer oynasida “Borussiya Dortmund” hujumchisi Pako Alkaserga qiziqib qoldi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Alkaser “Borussiya” klubi rahbariyatiga jamoani tark etish niyatida ekanligini aytgan.
Manbaning xabariga ko'ra, “Atletiko” futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o'tamiz, futbolchi avval ham La Ligada o'ynagan. Pako avval “Barselona” sharafini himoya qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255