Dunyoning eng yaxshi hakamlaridan biri faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418
Vengriyalik hakam Viktor Kashshai faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.
«Yangi chaqiruvlarni qabul qilish uchun 30 yillik faoliyatimni yakunlayapman. Futbolni tark etishni xohlamayman, so'ngi vaqtlarda sport menejmentini o'rganib chiqdim.
Bu sohada muvaffaqiyatga erisha olishimga umid qilaman ”, - dedi 44 yoshli hakam.
Ma'lumot uchun, 2011 yilda Kashshai Chempionlar Ligasi finalida "Barselona" - "MYu" (3:1) o'yinini boshqargan.
O'sha yili u Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan dunyoning eng yaxshi hakami deb tan olingan.
Shuningdek, 2010 yilgi Jahon chempionatida, Evro-2012 va Evro-2016 musobaqalarida bir nechta o'yinlarni boshqarib borgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!