«Globe Soccer Awards»-2019. Barcha laureatlar aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323
Evropa agentlar assotsiatsiyasi (EFAA) va Evropa klublar assotsiatsiyasi tomonidan (ECA) tashkil etilgan "Globe Soccer Awards" sovrinining 2019 yilgi g'oliblari aniq bo'ldi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tan olindi. Ushbu nominatsiyada unga Lionel Messi («Barselona»), Muhammad Saloh va Virjil van Deyk (ikkisi — «Liverpul») raqiblik qilishgan edi.
"Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasida Yurgen Klopp g'olib chiqdi. «Liverpul» ustozi Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi) va Erik ten Xag («Ayaks»)ni ortda qoldirdi.
«2019 yilning eng yaxshi jamoasi» nominatsiyasi g'olibligi «Liverpul»ga nasib etdi. Shuningdek, nominatsiyada «Ayaks» va «Lion» ayollar jamoasi nomzodi ham qo'yilgan edi.
«Yil kashfiyoti» sovrini «Atletiko» yarim himoyachisi Joau Feliksga topshirildi. Sovrin kurashda portugaliyalik futbolchi Ansuman Fati («Barselona»), Erling Xoland va Jeydona Sanchoni ortda qoldirdi.
«Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» nominatsiyasida Lyusi Bronz (Angliya) g'alaba qozondi. Ushbu nominatsiyaga Megan Rapino va Aleks Morgan (ikkisi — AQSh), Amandin Anri (Frantsiya) nomzodi ham qo'yilgan edi.