Gvardiola Mourinoning rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356
Angliya chempionatining 20-turidan o'rin olgan o'yinda «Manchester Siti» «Sheffild Yunayted»ni mag'lub etdi.
Ushbu g'alaba "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun APLdagi 100-g'alaba bo'ldi. Buncha g'alabani qo'lga kiritish uchun ispaniyalik mutaxassisga 134ta o'yin kerak bo'ldi.
Gvardiola bu natija orqali Joze Mourinoning rekordini yangiladi. Portugaliyalik mutaxassis 142ta o'yinda 100ta g'alabani qo'lga kiritgan edi.
Avvalroq, dekabr oyida «Liverpul» ustozi Yurgen Kloppning APLdagi g'alabalari soni 100taga etgan edi. Buning uchun germaniyalik mutaxassisga 159ta o'yin kerak bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!