APL. «Manchester Siti» «Sheffild»ni mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1321
Angliya chempionatining 20-turi doirasida «Manchester Siti» o'z uyida «Sheffild Yunayted»ni qabul qilib, g'alabani qo'lga kiritdi.
Birinchi bo'limda mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishgan edi. Ammo VAR bir necha santimetr ofsaydni qayd etib, golni bekor qildi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa Serxio Aguero hisobni ochgan bo'lsa, o'yin tugashiga 8 daqiqa qolganidan Kevin de Bryuyne yakuniy hisobni o'rnatdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Siti" o'z ochkolarini 41taga etkazdi hamda jadvalda 3-o'rinda bormoqda.
Angliya premer-ligasi, 20-tur
Manchester Siti – Sheffild Yunayted 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 52 Aguero, 2:0 – 82 de Bryuyne.
Manchester Siti – Bravo, Uoker, Fernandino, Erik Garsiya, Zinchenko, de Bryuyne, Rodri Ernandes, Bernardu Silva (Gyundogan, 62), Marez, Aguero (Foden, 81), Sterling (Gabriel Jezus, 88).
Sheffild Yunayted – Xenderson, Bashem, Igan, O`Konnell, Boldok, Beshich (Makberni, 75), Norvud, Flek, Stivens, Musse (Sharp, 83), Robinson (Makgoldrik, 59).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (59), Stivens (85).