Ronalduning o'g'li otasi bilan bir jamoada o'ynashni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 804

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining futbolchilikdagi sirlari, hayot tarzi va o'g'li haqida gapirib berdi.
"Futboldagi uzoq "umr" siri hayot tarzida. Barcha narsa — ish, dam olish, farzandlar, ovqatlanish uchun vaqt topish kerak. Kun esa 24 soatdan iborat. Hattoki ta'tilda ham nima uchun o'zim uchun 3 soat ajratmasligim kerak?
Ambitsiya sendagi bor imkoniyatlarni ochib beradi. Lekin eng asosiysi — kuchli his-tuyg'u, katta ishtiyoq bilan ishlash, o'z ishingni yaxshi ko'rish va motivatsiyani his qilish. Yoshlikdagi va 34 yoshdagi motivatsiya bir xil bo'ladimi, deb so'rashganida, men o'yinlarda motivatsiya hamisha yuqori bo'ladi, deb javob beraman. Lekin yanada muhimi, sen ularga qay tariqa tayyorgarlik ko'rishingda.
Men o'z oilamga, ayniqsa o'g'lim Krishtianuga namuna bo'lishim kerak. Ba'zida u menga bosim o'tkazadi. "Ota, yana bir necha yil futbol o'ynab tur, sen bilan bir jamoada o'ynashni istayman", - deydi. Lekin buni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi. Hozircha esa futboldan zavqlanyapman", – dedi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining ushbu mavsumida 14ta o'yinda maydonga tushib, ularda 10ta gol urdi.

Bosh sahifaga
227