«Arsenal»dan antirekordlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 450

Angliya chempionatining 20-turi doirasida «Arsenal» o'z uyida «Chelsi»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, «kanonirlar»ning g'alabasiz o'yinlar seriyasi 5ta bahsga etdi. Umuman olganda, «Arsenal» so'nggi 15ta o'yinning faqat bittasidagina g'alaba qozongan. Londonliklar APLning 16-turi doirasida «Vest Xem»ni 3:1 hisobida mag'lub etishgan edi.
«Arsenal» o'z uyidagi so'nggi 4ta o'yinda mag'lubiyat alamini tortmoqda. Avvalroq ular «Emireyts»da «Manchester Siti» (0:3), «Brayton» (1:2) va «Ayntraxt» (1:2)ga imkoniyatni boy berishgan edi. Jamoa so'nggi bundan 60 yil avval — 1959 yilning dekabr oyida shunday salbiy seriya qayd etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246