Olimpiya terma jamoamiz navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini ham g'alaba bilan yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320

BAAda yig'in o'tkazayotgan futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Bu gal jamoamizga BAA chempionatining 1-divizioni vakili “Al Hamriya” klubi raqiblik qildi.
Lyubinko Drulovich shogirdlari mazkur bahsni yirik 3:0 hisobida o'z foydalariga hal qila olishdi. Uchrashuvdagi gollarga Azizjon G'aniev, Jasurbek Yaxshiboev hamda Doston Ibragimov mualliflik qildi.
Nazorati o'yini
“Al-Hamriya” (BAA) – O'zbekiston U-23 0:3
Gollar: Azizjon G'aniev (23), Jasurbek Yaxshiboev (81), Doston Ibragimov (90).
O'zbekiston U-23: Abduvohid Ne'matov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullaev, Aziz G'aniev, Nurillo To'xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, Islom Kenjaboev, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov.
Zaxira: Nizom Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullaev, Oybek Rustamov, Sharof Muhiddinov, Jasurbek Yaxshiboev, Abror Ismoilov, Aziz Amonov, Oybek Bozorov, Doston Ibragimov, Bobur Abdixoliqov.
Shuning bilan vakillarimizning BAAdagi yig'ini ham o'z yakuniga etib bormoqda. Jamoamiz yangi yilning ilk kunidan boshlab Tailand safariga yo'l oladi. 3 yanvar kuni esa futbolchilarimiz OChga tayyorgarning oxirgi bosqichida Bangkokda Qatar OTJga qarshi so'nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi.

Bosh sahifaga
255