Eldor Shomurodov: «Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislardan minnatdormiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10046

Osiyo Kubogidan o'rin olgan Ummonga qarshi o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Ummonga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun muhim g'alabani qo'lga kiritdik. O'yin ancha qiyin kechganini ta'kidlab o'tish zarur. Zaxiradan maydonga tushib, gol kiritish nasib qilganidan juda xursandman. Mashg'ulotlar paytida bosh murabbiy menga hujumda imkon berishini aytib o'tgandi. Murabbiyning ishonchini oqlash nasib qildi.
Bugungi o'yinda bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. Keyingi uchrashuvlarda ham faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Eldor Shomurodov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215