«Vest Xem» Pellegrinini iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429

Angliya chempionatining 20-turi doirasida «Lester»ga qarshi o'yindan (1:2) keyin «Vest Xem» klubi rahbariyati bosh murabbiy Manuel Pellegrinini iste'foga chiqardi.
Tarqatilgan rasmiy bayonotda jamoa 66 yoshli chililik mutaxassisga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, yangi bosh murabbiy oldiga qo'yiladigan vazifani uddalash uchun ko'proq vaqt berish maqsadida mutaxassis iste'foga chiqarilgani ma'lum qilindi.
«Vest Xem» APLning ushbu mavsumida 19ta o'yindan keyin 19 ochko bilan jadvalda 17-o'rinni egalladi. Jamoa so'nggi 5ta o'yinning 4tasida mag'lub bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326