Manba: Jardim bugun "Monako"dan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365
“Monako” klubi rahbariyati bugun jamoa bosh murabbiyi Leonardu Jardimni iste'foga chiqarishga qaror qilishgan. Bu haqda Monaco-Matin nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko'ra monakoliklar bu borada ertaga, ya'ni 29 dekabr kuni rasman e'lon qilishadi. Portugaliyalik mutaxassis aynan shu kuni jamoa bilan xayrlashadi.
Eslatib o'tamiz, bu Leonardu Jardimning ikkichi bor “Monako”dan iste'foga chiqarilishi bo'ladi. U dastlab 2018 yilning kuzida ham ishdan olingan edi. Biroq, uning o'rniga tayinlangan Terri Anri vaziyatni o'nglolmagach yana jamoaga qaytarilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!