Osiyo kubogi. Qatar Livandan ustun keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12417

Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o'rin olgan Qatar va Livan terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Ushbu bahsda qatarliklar ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi, ikki jamoada ham bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayniqsa livanliklar juda faol o'ynashdi va bu o'yinda favorit hisoblangan Qatarni qiyin ahvolga tushirib qo'yishdi.
Ikkinchi bo'limni ham Livan futbolchilari faol boshlashdi, biroq hisobni qatarliklar ochishdi. 65-daqiqada Bassim Al-Roviy jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, nominal mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada Almoaz Ali raqib posbonidan qaytgan to'pni bo'sh darvozaga joylab qo'ydi va o'yinga nuqta qo'ygan golga muallif bo'ldi.
Shu tariqa, E guruhida vaziyat quyidagicha tus oldi: 1.Saudiya Arabistoni (3); 2.Qatar (3); 3.Livan (0); 4.KXDR (0).
Osiyo Kubogi-2019, 1-tur
E guruhi
Qatar – Livan 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 65 Al-Raviy, 2:0 – 79 Almoaz Ali.
Qatar: Saad Al-Shiib, Bassim Al-Roviy, Pedro Korreya, Tariq Salmon, Karim Budiaf, Bulem Xavxi, Assim Umar Madibo, Abdulkarim Al-Ali, Akram Hassan Afif, Hasan Al-Haydos, Almoaz Ali.
Livan: Mehdi Xalil, Jon Omari, Jorj Melki, Volid Ismoil, Robert Melki, Ali Hamam, Haytam Favur, Mutax El-Junaydiy, Hassan Maatuk, Hilol Al-Helve, Bassil Yrodi.
Ogohlantirishlar: Melki (24), Maatuk (64).

Bosh sahifaga
214