Mbappe: "Eng muhimi, "Real Madrid" bilan sovrinlarni yutish"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe "oqlar" safida debyut mavsumida urgan gollari soni bo'yicha Krishtianu Ronalduga tenglashdi.
Frantsiyalik futbolchi "Leganes"ga qarshi o'yinda (3:2) ikkita gol urdi - endi Mbappeda "Real" safida 45 ta o'yinda urilgan 33 ta gol mavjud.
Ronaldu Madriddagi ilk mavsumida ham shuncha gol urgandi.
"Debyut mavsumimda Krishtianuning gollari soniga tenglashganimdan juda xursandman. U barchamiz uchun qanchalik muhim ekanini hamma biladi va u menga tez-tez maslahat beradi.
Lekin eng muhimi, "Real Madrid" bilan sovrinlarni yutish", - deya Mbappening so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214