A seriyaning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 734

"Parma" yarim himoyachisi Deyan Kulushevski A seriyaning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
19 yoshli shvetsiyalik futbolchi o'tgan oyda Italiya chempionati doirasida 4ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.
Kulushevski mavsum boshidan buyon barcha musobaqalar doirasida 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 7ta golga uzatma bergan.
Deyan Kulushevski huquqiy jihatdan "Atalanta"ga tegishli bo'li, "Parma"da ijara asosida o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186