Emiliano Martines Rafinyani turtib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

JCh-2026 saralashi doirasidagi Argentina - Braziliya uchrashuvidan so'ng futbolchilar o'rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga keldi. "Albiseleste" darvozaboni Emiliano Martines maydonni tark etayotgan mehmonlar vingeri Rafinyani turtib yubordi.
Braziliyalik qanot hujumchisi mezbonlar posbonining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi. Ushbu epizoddan so'ng raqiblar o'rtasida kichik janjal kelib chiqdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bellashuv Argentina terma jamoasining yirik 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Lionel Skaloni shogirdlari 2026 yilgi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan ilk Janubiy Amerika vakili bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278