"Manchester Yunayted" yangi transfer maqsadini belgilab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63

"Manchester Yunayted" Andre Onananing o'rniga yangi darvozabon qidirmoqda. So'nggi paytlarda mish-mishlar kamerunlikni ishonchsiz o'yinlar fonida ketish ehtimoli bilan bog'lamoqda. Transfer News Live xabariga ko'ra, "qizil iblislar" Onanani kelasi yozda sotib yuborishga uzil-kesil qaror qilishgan. Yangi asosiy darvozabon bilan shartnoma imzolash klubning ustuvor transfer maqsadiga aylandi.
Andre Onana 2023 yilning yozida "Inter"dan 50 million evrodan ko'proq mablag' evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. 28 yoshli futbolchining hozirgi narxi Transfermarkt talqiniga ko'ra 32 mln evroga baholanmoqda. Kiperning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251