Trent eng yaxshi assistentga aylanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384

Angliya chempionatining 19-turi doirasida «Liverpul» safarda «Lester»ni yirik hisobda (4:0) mag'lub etdi.
Mersisaydliklar himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoasining ikkita goliga assistentlik qildi. Har ikkala holatda u Roberto Firminoga uzatma berdi.
21 yoshli futbolchi 2018/19 yilgi mavsum boshidan buyon APL o'yinlarida jami 20ta golga uzatma berdi. So'nggi bir yarim yil ichida u APLda o'ynayotgan futbolchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179