«Liverpul» APLda 35ta o'yindan beri yutqazmayapti. Rekordga qancha qoldi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 405

Angliya Premer-ligasining 19-turidan o'rin olgan markaziy bahsda «Liverpul» klubi «Lester» mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Yurgen Klopp shogirdlari Angliya chempionatidagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini 35ta o'yinga etkazishdi.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha «Liverpul» 1968-1968 yillarda ketma-ket 34ta o'yinda yutqazmagan «Lids»ning natijasini ortda qoldirdi.
Bunday seriya bo'yicha mersisaydliklar kuchli to'rtlikka kirishdi. Oldinda «Chelsi» (40ta o'yin, 2004-2005 yillar), «Nottingem Forest» (42ta o'yin, 1977-1978 yillar) va «Arsenal» (49ta o'yin, 2003-2004 yillar) borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200