Mourino — «Boxing Day» qiroli!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 413
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya premer-ligasi tarixiga o'z nomini yozib qo'ydi.
Portugaliyalik mutaxassis Angliya chempionatidagi faoliyati davomida 26 dekabr — "Boxing Day" kuni 8ta o'yin o'tkazib, ularning birortasida mag'lub bo'lmagan: 6ta g'alaba, 2ta durang.
"Opta" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, bu rekord seriya hisoblanadi. APLda faoliyat yuritgan birorta murabbiy bunday natija qayd eta olmagan.
Eslatib o'tamiz, Mourino "Tottenxem"gacha "Manchester Yunayted" va ikki marta "Chelsi"ni boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!