Ronaldu «A» seriyaning eng yaxshi futbolchisi nomini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 801
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zini Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb hisoblamoqda.
"A seriyaning eng yaxshi futbolchisi? Hozirda bu men, axir bunday sovrinni qo'lga kiritdim. Kelasi mavsumda nima bo'lishini ko'ramiz. A seriyada bir nechta yuqori saviyali futbolchilar bor. Menga ovoz bergan hamkasblarimga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi mavsumda ham ushbu sovrinni qo'lga kiritishni istayman", — dedi Ronaldu.
Ronaldu ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 21ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!