APL. «Tottenxem» «Boxing Day»ni qiyin g'alaba bilan boshladi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223
Angliya chempionatida "Boxing Day" boshlandi. Premer-ligasining 19-turidan o'rin dastlabki o'yinda "Tottenxem" o'z uyida "Brayton"ni qabul qilib, qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.
Birinchi bo'limda ustunlik maydon egalari tomonida bo'ldi. Rayan Sessenon o'yin boshida yakkama-yakka vaziyatda darvoza ustunini nishongan olgan bo'lsa, Xarri Keyn tomonidan urilgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi (VAR yordamida). Mehmonlar esa 37-daqiqada hisobni ochishdi. Jarimadan etkazib berilgan uzatmani Uebster bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa "shporlar"ning hujumini Xarri Keyn gol bilan yakunlab, hisobni tenglashtirdi.
O'yin tugashiga 18 daqiqa qolganida esa Orening uzatmasidan keyin Dele Alli 12 metrlardan zarba berib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Oradan 4 daqiqa o'tib "Brayton" hisobni tenglashtirishiga bir baxya qoldi. Aaron Muy tomonidan 13 metrlardan yo'llangan zarba natijasida to'p shundoqqina ustun yonidan o'tib ketdi.
"Tottenxem" ushbu g'alaba tufayli 29taga etkazib, jadvalda 5-o'ringa ko'tarilib oldi.
Angliya chempionati, 19-tur
Tottenxem – Brayton 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 37 Uebster, 1:1 – 53 Keyn, 2:1 – 72 Alli.
Tottenxem – Gassaniga, Ore, Alderveyreld, Vertongen, Sanches, Alli, Lukas Moura (Dayer, 76), Sissoko, Sessenon (Lo Chelso, 56), Uinks (Eriksen, 68), Keyn.
Brayton – Rayan, Bernardo (Trossard, 76), Bern, Daffi, Skelotto (Bissuma, 83), Stivens, Muy, Alsate, Gross, Uebster, Konnolli (Mope, 68).
Ogohlantirishlar: Bern (30), Uinks (36), Sanches (39), Gross (42), Lukas Moura (74), Sissoko (84).