Cadena SER futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar ramziy terma jamoasini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367
Ispaniyaning Cadena SER radiostantsiyasi jahon futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilar ramziy terma jamoasini e'lon qildi.
Futbol tarixidagi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan yagona posbon Lev Yashin darvozaga qo'yildi. Qiziq tomon, ushbu ramziy terma jamoaga yana bir darvozabon Xose Molina kiritildi. Ammo radiostantsiya uni himoya chizig'iga joylashtirdi. Boisi, u 1996 yilda Ispaniya terma jamoasi safida himoyachi sifatida o'ynagan.
Cadena SER hujumga 4 futbolchiga qo'ydi: Pele, Maradona, Ronaldu, Messi.
Ramziy terma jamoa quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:
Darvozabon: Lev Yashin (SSSR)
Himoyachilar: Xose Molina (Ispaniya), Frants Bekkenbauer (GFR), Paolo Maldini (Italiya)
Yarim himoyachilar: Yoxan Kruiff (Gollandiya), Zayniddin Zidan (Frantsiya), Xavi (Ispaniya)
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Potugaliya), Diego Maradona (Argentina), Lionel Messi (Argentina), Pele (Braziliya)