«Real ijaradagi ftbolchisini muddatdan avval qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

Madridning “Real” klubi mavsum yakunigacha “Real Sosedad”ga ijaraga berilgan yarim himoyachisi Martin Edegorni muddatidan avval ortga qaytarmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Ta'kidlash kerakki, tomonlar dastlab futbolchini 2 mavsumga ijaraga berish bo'yicha kelishib olishgan edi. Biroq, “qirollik klubi” norvegiyalik futbolchining o'yinida ancha o'sish bo'lganini sezgach uni “Santyago Bernabeu”ga qaytarishga qaror qilgan.
Ma'lumot uchun, Edegor joriy mavsum La Ligada jami 16 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo'yishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231