O'zbekiston OTJning Iroq bilan o'yin uchun boshlang'ich tarkibi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462

BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi birozdan so'ng iroqlik tengqurlariga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Kelasi oy Tailandda o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berayotgan mazkur yig'in vakillarimiz uchun BAAdagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvlaridan biridir. Jamoa bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich ushbu uchrashuv uchun quyidagi boshlang'ich tarkibni tanlab oldi:
O'zbekiston U-23: Abduvohid Ne'matov, Hojiakbar Alijonov, Sharof Muhiddinov, Mirjahon Mirahmadov, Sherzod Nasrullaev, Abror Ismoilov, Oybek Rustamov, Aziz Amonov, Doston Ibragimov, Husniddin Aliqulov, Oybek Bozorov.
Zaxira: Mashhur Muhammadjonov, Nizomiddin Ziyovutdinov, Islom Qobilov, Dilshod Saitov, Ilhom Alijonov, Abdulla Abdullaev, Aziz G'aniev, Nurillo To'xtasinov, Jasur Yaxshiboev, Islom Kenjaboev, Sanjar Qodirqulov, Bobur Abdixoliqov.

Bosh sahifaga
245