O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib bormoqda.
Terma jamoamiz bugun mazkur yig'in doirasidagi navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Bu galgi raqib ham Iroq olimpiya terma jamoasi bo'ladi. Mazkur ikki jamoa 22 dekabr kuni ham o'zaro bahs olib borishgan va o'shanda olimpiyachilarimiz 4:2 hisobida raqibdan ustun kelgan edi. Bugun rejaga ko'ra, jamoalar o'zaro ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Uchrashuv BAA futbol assotsiatsiyasi stadionida tashkil etiladi va soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!