«Barselona» tarbiyalanuvchisi jamoasini o'zgartirishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 492

“Dinamo Zagreb"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Daniel Olmo boshqa jamoaga o'tishga yaqin ekanligi haqida fikr bildirdi.
“Yozda boshqa jamoaga o'tishim uchun ajoyib imkoniyat bor edi, ammo “Dinamo” bilan chempionlar ligasida o'ynash uchun qolgandim. Endi mening Xorvatiya chempionatidagi faoliyatim tugadi. Men o'sish uchun keyinga qadamni tashlamoqchiman”, deydi Olmo AS nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli Olmo “Barselona” tarbiyalanuvchisi sanaladi. Kataloniyaliklar futbolchini qaytirishga qarshi emas, shuningdek “Liverpul” ham futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199