O'zil 219 nafar bolaning operatsiyasiga pul ajratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449

«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O'zil amalga oshirgan xayriya ishlari haqida so'zlab berdi.
«219 bola operatsiya qilindi, lekin hali oldinda qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p! Iyun oyida bo'lgan ayolim bilan to'yimizdan oldin jahon bo'ylab 1000 nafar muhtoj bolaning operatsiyasining xarajatlarini qoplashimizni ma'lum qilgan edik.
To'yimizga tashrif buyurib, ushbu loyihamizga ehson qilgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Loyihada ishtirok etayotgan barcha shifokorlarga alohida rahmat aytaman.
Bu boshlanishi! Keling, 2020 yilda yuzlab muhtoj bolalarga yordam beraylik», – deya yozdi O'zil o'zining instagramdagi sahifasida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181