Eldor Shomurodov qishda jamoani tark etadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 650

Rossiyaning «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O'zbekistonning eng yahshi futbolchisi deb e'tirof etilganidan xabaringiz bor. Taqdirlash marosimidan so'ng, futbolchini suhbatga tordik.
Ushbu mavsumda chinakamiga o'sishga erishdingiz. Buning sababi nima deb hisoblaysiz?
Sababi? Menimcha muxlislar va murabbiylar ishonchi. Aynan ularning qo'llab-quvvatlashi menga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Ayni damda, o'zimni juda yahshi his etyapman. Umid qilamanki, mavsumning qolgan qismini ham ko'tarinki ruhda o'tkazaman.
«Rostov» jamoasida qolishni rejalashtiryapsizmi?
Hozirda klub bilan tuzilgan shartnomam mavjud. «Rostov»da juda baxtliman. Musobaqa jadvalida biroz pastlagan bo'lsakda, barchasini o'nglash uchun etarlicha imkoniyatlarga egamiz. Shunday ekan, bor e'tiborimni o'z klubimdagi o'yinlarga qaratishimiz lozim.
Qishki transferlar chog'ida kuchliroq chempionatlarda to'p suruvchi klublardan taklif tushib qolsachi?
Nima bo'lgan taqdirda ham qishki transferlar chog'ida hech qaerga ketmayman. Agarda boshqa jamoaga o'tsam ham, bu yozda amalga oshadi. Hozircha «Rostov» klubi futbolchisiman.

Bosh sahifaga
231