"Qo'qon-1912" 5 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276
"Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Qo'qon shahrida olib borayotganidan xabaringiz bor.
Bugungi kunga kelib jamoa bilan shartnomasi yakuniga etgan bir nechta futbolchilar jamoani tark etishgan. Jamoa quyidagi futbolchilar bilan do'stona xayrlashgan.
Bular Shahboz Erkinov, Jasur Xasanov, Timur Xakimov, Temur Usmonov hamda serbiyalik himoyachi Marko Milich.
"Qo'qon-1912" jamoasi rahbariyati yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarga jamoadagi faoliyatlari uchun katta minnatdorchilik bildiradi hamda ularning kelgusi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilab qoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!