So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Elit OChL. Chorak finalga qur'a tashlash tartibi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

OFK tashkiloti Elit OChL chorak final bosqichiga qur'a tashlash bilan bog'liq ayrim detallarni e'lon qildi.
Sharq mintaqasida reytingda 1-o'rinni egallagan "Al-Hilol" quyidagi setkada «1A» pozitsiyaga, G'arb mintaqasida etakchi bo'lgan "Yokogama Marinos" klubi esa «3A» pozitsiyasiga joylashtiriladi.
Qolgan klublar esa qur'a natijasida boshqa o'rinlarga joylashtiriladi. Xususan, G'arbning qolgan jamoalari 2A, 3B yoki 4B joylardan o'rin oladi; Sharq jamoalari esa 1B, 2B yoki 4A pozitsiyalariga qo'yiladi.
Chorak finalda G'arb mintaqasi klublari faqat Sharq mintaqasi jamoalari bilan to'qnash keladi (ya'ni bir mintaqa jamoalari o'zaro to'qnash kelmaydi).
Sharq mintaqasi:
Al-Hilol (Saudiya Arabistoni) — «1A»
Al-Ahli (Saudiya Arabistoni)
An-Nasr (Saudiya Arabistoni)
As-Sadd (Qatar)
G'arb mintaqasi:
Yokogama Marinos (Yaponiya) — «3A»
Kavasaki Frontale (Yaponiya)
Kvangju (Janubiy Koreya)
Buriram Yunayted (Tailand)
Musobaqa taqvimi:
1-chorak final: 25 aprel, juma
2 va 3-chorak final: 26 aprel, shanba
4-chorak final: 27 aprel, yakshanba
1-yarim final: 29 aprel, seshanba
2-yarim final: 30 aprel, chorshanba
Final: 3 may, shanba (King Abdullah Sports City Stadium)
Musobaqaning g'olibiga 12 million AQSh dollari miqdoridagi rekord sovrin taqdim etiladi.
Qur'a tashlash marosimi 17-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.