Tebas La Liga prezidentligiga qayta saylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

Xaver Tebas uchinchi marta La Liga prezidentligiga saylandi, deya xabar tarqatdi AS nashri.
57 yoshli mulozim prezidentlik uchun saylovda yagona nomzod bo'lgani uchun avtomat ravishda g'alaba qozondi. Tebas yaqinda Ispaniya futbol federatsiyasining talabi bilan egallab turgan lavozimidan erta iste'foga chiqqan edi.
Tebas navbatdagi 4 yil davomida Ispaniya La Ligasini boshqaradi. U ilk marta 2013 yilda ushbu lavozimga saylangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274