Transfermarkt Shomurodovning narxini keskin oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330
Transfermarkt portali 2019 yil yakunlariga ko'ra futbolchilarning yangi transfer narxini baholadi. Bu haqda tribuna.uz xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, nashr mutaxassislari «Rostov» klubining o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narxini 6,5 million evroga baholagan. 24 yoshli futbolchining bahosi sentyabrda 2,5 million evro edi, bu safar esa 4 million evroga qimmatladi.
Natijada Eldor Shomurodov «Rostov» klubining eng qimmatbaho futbolchisi bo'lib turgan Roman Eremenkodan (4 mln. evro) o'tib ketdi.
Keyingi o'rinlarda «Rostov»ning yana ikki futbolchisi – Matias Normann (6 million evro) va Aleksey Ionov (4,5 million evro) joy olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!