Akbar Jo'raev Qatar Xalqaro kubogida 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305
Doxa shahrida og'ir atletika bo'yicha Qatar Xalqaro kubogi davom etmoqda. Erkaklar o'rtasida -109 kilogramm vazn toifasida kechgan bahsda hamyurtimiz Akbar Jo'raev 3 ta oltin medalga sazovor bo'ldi.
Vakilimiz dast ko'tarish mashqida 185 kg, siltab ko'tarishda 220 kilogramm va umumiy hisobda 405 kilogramm natija qayd etdi. Polvonimiz ushbu g'alabasi bilan Tokio Olimpiadasi reytingi uchun ham qimmatli ochkolarni yozib qo'ymoqda. Birozdan so'ng Dolera Davronova musobaqa doirasida hamyurtlarimizning chiqishini yakunlab beradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!