Diego Simeone: «Atletiko»dan qarzdorman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248
«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone 8 yildan beri «matraschilar»ni boshqarib kelayotgani borasida o'z fikrini bildirdi.
«Bu haqda ko'p narsa aytishim mumkin. Nimani his qilayotganimni tushuntirishga vaqt etmaydi. Men «Atletiko» oldida qarzdorman.
Bor kuchi bilan o'ynayotgan futbolchilarga minnatdorchilik bildirishim kerak. Ilk kundanoq shunday bo'lishini muxlislar bilishgan edi», – dedi Simeone.
Eslatib o'tamiz, 2011 yilning 23 dekabr kuni Simeone «Atletiko» bosh murabbiyiga aylangan edi.
Simeone 8 yil davomida bir martadan La liga, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogi, ikki martadan Evropa ligasi va UEFA superkubogini qo'lga kiritib, ikki marta Evropa chempionlar ligasi finaliga qadar etib bordi.