Mourino: «Chelsi» Konte uslubida o'ynadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 627
«Tottenxem» Joze Mourino Angliya premer-ligasining 18-turi doirasida bo'lib o'tgan «Chelsi»ga qarshi o'yin (0:2) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Birinchi bo'limda ular bizga nisbatan yaxshi o'ynashdi. Buni tan olish qiyin emas.
«Chelsi» o'ziga qulay bo'lgan uslubda o'ynadi. Ular Antonio Konte paytida 2 yil davomida shunday uslubda o'ynagan edi. Alonso, Aspilikueta, Kante, Villian kabi futbolchilarga bunday uslubda o'ynash qulay.
Ular ko'p vaziyatni yuzaga keltirmagan bo'lsalar-da, o'yin asosan bizning yarim maydonimizda kechdi. Shunday qaramay, ular bizga nisbatan yashiroq o'ynashdi, buni tan olaman», – dedi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!