«Bavariya» «Shalke» darvozaboni bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300
“Bavariya” “Shalke” darvozaboni Aleksandr Nyubel bilan kelishuvga erishdi, deya yozmoqda Bild.
Manbaning xabariga ko'ra, myunxenliklar futbolchi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Nyubel 2020 yil yozda erkin agent sifatida “Bavariya” safiga qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Nyubel 2015 yildan buyon “Shalke” safida o'ynab kelmoqda. U jamoasi safida 41ta o'yinda maydonga tushib, 52ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!