Rasmiy xabar! Flik mavsum oxirigacha «Bavariya» murabbiyi bo'lib qoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239
Germaniya chempionatining 17-turida "Volfsburg" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Bavariya" bosh direktori Karl-Xaynts Rummenigge, klubning sport direktori Xasan Salixamidjich va jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Xansi Flik o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra Flik mavsum oxiriga qadar o'z lavozimida qolishi tasdiqlandi, deya xabar beradi klub rasmiy veb-sayti.
"Xansi bizning to'liq ishonchimizga loyiqdir. Ishonchim komilki, u bilan chempionatda va Germaniya kubogida, shuningdek Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatlarga erishamiz." - dedi Salixamidjich.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!