Saloh — Afrikaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15890

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh 2018 yil yakunlari bo'yicha Afrika qit'asining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Afrika futbol konfederatsiyasi xabar tarqatdi.
26 yoshli misrlik futbolchi ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qabul qilib oldi. Sovrinni yutish uchun kuchli uchlikka, shuningdek, "Liverpul" hujumchisi Sado Mane va «Arsenal»ning gabonlik forvardi Per-Emerik Obameyang kirishgandi.
Avvalroq Saloh BBC versiyasiga ko'ra Afrikaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150