«Yuventus» futbolchisi safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9469

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Joau Kanselu jarohatidan tiklanib safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan. U 16 yanvar kuni bo'lib o'tadigan “Milan”ga qarshi Superkubok bahsida ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi dekabr oyida jarohat olib, o'ng oyog'idan operatsiya qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
149